AQSh prezidenti Donald Trump Vashington Venezuelaning amaldagi hukumatini mamlakatning qonuniy hokimiyati sifatida tan olganini ma’lum qildi.
AQSh rahbari bu haqda Florida shtatida bir qator Lotin Amerikasi davlatlari yetakchilari bilan o‘tkazilgan uchrashuv chog‘ida bayonot bergan.
“Bu hafta Venezuela hukumatini rasman, qonuniy ravishda tan olganimizni e’lon qilishdan mamnunman”, — dedi Trump.
EFE axborot agentligi xabar berishicha, Venezuelaning vaqtinchalik prezidenti Delsi Rodriges AQSh qarorini olqishlab, Trumpga minnatdorchilik bildirgan.
Uning ta’kidlashicha, Karakas AQSh bilan o‘zaro ishonch, tenglik va xalqaro huquqqa hurmat asosida uzoq muddatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor.
“Biz Qo‘shma Shtatlar bilan o‘zaro ishonch, tenglik va xalqaro huquqqa hurmat asosida uzoq muddatli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga sodiqligimizni yana bir bor tasdiqlaymiz”, — deb yozgan Rodriges ijtimoiy tarmoqlarda.






