Kim Yo-jong, Kim Jong Unning singlisi, AQSh va Janubiy Koreya boshlagan qo‘shma harbiy mashqlarni keskin tanqid qildi. Bu haqda Korean Central News Agency xabar berdi.
Bayonot "Koreya yarimoroli va mintaqada tinchlik hamda xavfsizlikni himoya qilish borasida davlatimizning qat'iy irodasi" sarlavhasi bilan e'lon qilingan. Unda 9–19-mart kunlari o‘tkazilayotgan Freedom Shield nomli qo‘shma harbiy mashqlar mintaqadagi xavfsizlikka tahdid solayotgani aytilgan.
Kim Yo-jongning ta'kidlashicha, Shimoliy Koreya bunday harakatlarga javob berish uchun kuchli va oldindan zarba beruvchi harbiy choragalarga tayyor turishi kerak.
"9 martdan raqib davlatlar bizga nisbatan doimiy dushmanlik siyosatini namoyon qilib, yana bir yirik qo‘shma harbiy mashqlarni boshladi", deyiladi bayonotda.
Avvalroq esa Kim Jong Un Janubiy Koreyani butunlay yo‘q qilish bilan tahdid qilgani haqida xabar berilgan.





