O‘zbekiston tumanida xizmat vazifasini bajaraotgan suv ta’minoti xodimiga nisbatan tajovuzkorlik qilinib, u kaltaklangan hamda xizmat avtomashinasiga zarar yetkazilgani ma’lum qilindi.
Farg‘ona suv ta’minoti AJ axborot xizmatiga ko‘ra, viloyat hududlarida debitor qarzdorliklar va noqonuniy ulanishlarni aniklash maqsadida nazorat reydlari o‘tkazilmogda.
9 mart kuni O‘zbekiston tumanida tuman suv ta’minoti filiali inspektori hamda mijozlar bo‘limi boshlig‘i xizmat vazifasini bajaraotgan paytda ayrim fuqarolar ularga nisbatan tajovuzkor harakatlar sodir etgan.
Hodisa davomida inspektor kaltaklangan, shuningdek xizmat avtomashinasiga ham shikast yetkazilgan.
Jabrlangan xodimga zudlik bilan tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Mazkur holat yuzasidan Ichki ishlar organlariga xabar berilgan va hozirda voqea bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmogda.






