11 mart kuni qabul qilingan 1121-sonli qonunga ko‘ra, umumiy foydalanishdagi elektr, issiqlik va gaz tarmoqlariga noqonuniy ulangan yoki ulardan foydalanish qoidalarini buzgan fuqarolarga BHMning 15 baravaridan 20 baravarigacha jarima solinadi. Mansabdor shaxslar uchun esa jarima miqdori BHMning 25 baravaridan 30 baravarigacha etib belgilandi.
Tijorat maqsadida tarmoqlarga o‘zboshimchalik bilan ulangan shaxslar BHMning 15 baravaridan 25 baravarigacha jarima yoki 15 sutkagacha ma’muriy qamoq bilan jazolanishi mumkin.
Shuningdek, ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin ham shunday huquqbuzarlikni qayta sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoyiy javobgarlik belgilandi. Bunday holatlarda BHMning 30 baravaridan 75 baravarigacha jarima, 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloq tuzatish ishlari qo‘llanilishi mumkin.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan boshlab uch oy o‘tgach kuchga kiradi.






