Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154 samolyotining qulashi ketayotgan yilning eng katta fojialaridan biri bo`ldi. Layner bortida bo`lgan 92 kishining barchasi halok bo`ldi.
Samolyot halokati to`g`risida juda ko`p hali tasdig`i topmagan talqinlar mavjud. Rasmiy xulosalarni chop etishdan oldin hech bir talqinni haqiqat deb bo`lmaydi.
Vaziyat
1983 yilda Kuybishev aviazavodida ishlab chiqarilgan Tu-154B-2 samolyoti deyarli doimiy ravishda Mudofaa vazirligi tomonidan ekspluatasiya qilingan.
Halokat kuniga qadar samolyot yiliga o`rtacha 200 soat parvoz qilgan holda uchish resursining 11 foizini ishlatib bo`lgan, bu esa yo`lovchi laynerlari uchun u qadar ko`p emas, sababi fuqaro aviasiyasida bunday laynerlar 1000 va undan ko`p soat ekspluatasiya qilinishi mumkin.

Bort uchun mo`ljallangan resurs 37 500 soatni tashkil qiladi, yoki 16 ming qo`nish, shu bilan birga u 60 ming soatgacha cho`zilishi mumkin.
Tu-154B-2 ayni damda shovqin me`yori nomuvofiqligi hamda yoqilg`i sarfi juda yuqoriligi sabab tijoriy ekspluatasiyadan olib tashlangan, ammo harbiy mashinalar hali hamon ishlatilmoqda.
Samolyot Moskva yaqinidagi Chkalovskiy aerodromdan parvoz qilib, Mozdokga yoqilg`i quyish uchun qo`nishi kerak bo`lgan, ammo ob-havo sharoiti sababli buning uchun Sochiga qo`ngan. Sochidan layner soat 05:25 da parvoz qilgan hamda havoga ko`tarilgach 2 daqiqadan so`ng qulagan.
Reysning yo`nalishi Suriyadagi Rossiyaning Xmeymim aviabazasi bo`lgan. Samolyot bortida Aleksandrov nomidagi harbiy ansambl artistlari, jurnalistlar va ularni kuzatuvchi harbiylar bo`lgan. Bundan tashqari samolyot bortida Doktor Liza nomi bilan mashhur shifokor Elizaveta Glinka hamda Mudofaa vazirligi madaniyat boshqarmasi boshlig`i Anton Gubankovlar bo`lgan.
Talqinlarga ko`ra, halokatga texnik nosozlik, uchuvchining xatosi, terroristik hujum sabab bo`lgan. Dastlabki ikkita talqinga ob-havo sabab bo`lishi mumkin bo`lgan, biroq Sochidagi mavjud ma`lumotlar ob-havo yaxshiligidan dalolat bermoqda.
Bu uchta talqin rasmiy xulosalarsiz na tasdiqlanishi va na inkor etilishi mumkin.
So`nggi marta RA-85572 borti 2014 yilning dekabrida ta`mirlangan. 2016 yilning sentyabrida rejadagi xizmat ko`rsatish amalga oshirilgan. 33 yilda samolyotning umumiy parvozi 6689 soatni tashkil qildi.
Harbiy ekspluatasiyadagi samolyotlar uchun bu me`yor sanaladi.

Rossiya Mudofaa vazirligining harbiy-transport aviasiyasida Tu-154 samolyoti tajribali uchuvchi Volkov Roman Aleksandrovich boshqargan. Roman Volkov — birinchi darajali uchuvchi. Uning umumiy parvozi uch ming soatni tashkil qiladi.
Tergov boshlandi. Samolyotning dengizga qulagani uning surishtiruv ishlarini jiddiy qiyinlashtirishi mumkin. Sababi dengiz tubiga qulagan havo kema har daqiqada tubga cho`kishda davom etib boradi.





