AsosiyJamiyat

Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi

Kattaqo‘rg‘on va Xivada haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

'Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi'ning rasmi

Avtomaktab xodimlari fuqarolardan pul olib, imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilgan.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament ma’lum qilishicha, Kattaqo‘rg‘on shahrida “N.I.” MChJ avtomaktabi ustasi ikki nafar fuqaroga “V” va “S” toifali haydovchilik guvohnomasini olish uchun mazkur avtomaktabda o‘quv kursini tamomlaganliklari haqida sertifikat rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. U 1 400 dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Xiva shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa “H.A.” MChJ avtomaktabi xodimi tanishlari orqali YXHBdagi imtihondan o‘tkazib qo‘yishni va’da qilib, fuqarodan 800 dollar va 2,4 million so‘m olgan vaqtida qo‘lga olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28 va 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmogda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda psixotrop dori sotgan ayol ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:32

    Andijonda psixotrop dori sotgan ayol ushlandi

    Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

    'Metan zapravkalar ishi ertadan qayta tiklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:25

    Metan zapravkalar ishi ertadan qayta tiklanadi

    Lekin shoxobchalar ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    'Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:46

    Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi

    Bildirilishicha, yong‘in qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

    'Mintaqamizning "madaniy kodi" katta siyosatda qanday ish beradi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:21

    Mintaqamizning "madaniy kodi" katta siyosatda qanday ish beradi?

    Yaqinlargacha boʻlgan koʻpgina mintaqaviy tashabbuslar ham shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

    'Temur Malik ko'chasida harakat qisman tiklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:19

    Temur Malik ko'chasida harakat qisman tiklandi

    Бу ҳақда пойтахт ҳокимлиги маълум қилди.

    'Elektrov va gaz tizimida korruptsiya: ikki hududda xodimlar ushlanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:12

    Elektrov va gaz tizimida korruptsiya: ikki hududda xodimlar ushlanadi

    Ular pul evaziga hujjatlarni rasmiylashtirish va qarzdorlikni “yopib berish”ni va’da qilgan.