AsosiyJamiyat

Mintaqamizning "madaniy kodi" katta siyosatda qanday ish beradi?

Yaqinlargacha boʻlgan koʻpgina mintaqaviy tashabbuslar ham shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan.

'Mintaqamizning "madaniy kodi" katta siyosatda qanday ish beradi?'ning rasmi

Uzoq yillar davomida Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi munosabatlar asosan “raqobat” rejimida bo‘lib, turli keskinliklar kuzatilar edi. Yaqinlargacha bo‘lgan ko‘pgina mintaqaviy tashabbuslar ham shu sababli muvaffaqiyatsizlikka uchragan. Biroq vaziyat tubdan o‘zgardi. Buyuk Britaniyalik xalqaro munosabatlar bo‘yicha ekspert Filippo Kosta Buranelli o‘zining yangi tadqiqotida bu burilishning sabablarini tahli qildi.

Olimning qayd etishicha, mintaqadagi yangi va iliq muhit bevosita O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yilda BMT minbaridan turib ilgari surgan tashabbusi bilan bog‘liq. Aynan shu tashabbus asosida boshlangan “Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari” mintaqada mutlaqo yangi tartibni yaratdi. Endilikda davlatlar o‘zaro ustunlikka intilishga yoki sun’iy ravishda birlashishga emas, balki muammoli masalalarni chetlab o‘tib, faqat o‘zaro manfaati va sog‘lom pragmatik hamkorlik qilishga o‘rgana boshladi.

Markaziy Osiyo endilikda tarqoq va o‘zaro raqobatlashadigan hudud emas, balki ishonch va diplomatiyaga asoslangan yagona kuch markazi sifatida shakllanmoqda. Davlat rahbarlarining Maslahat uchrashuvlari mintaqaviy muammolarni tashqi kuchlar aralashuvisiz, faqat o‘zaro hurmat asosida hal qilishning eng samarali mexanizmiga aylandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '33 mingga yaqin fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:06

    33 mingga yaqin fuqaro Oʻzbekistonga qaytarildi.

    Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги маълум қилди.

    'Andijonda psixotrop dori sotgan ayol ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:32

    Andijonda psixotrop dori sotgan ayol ushlandi

    Ҳолат юзасидан жиноят иши қўзғатилиб, тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.

    'Metan zapravkalar ishi ertadan qayta tiklanadi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:25

    Metan zapravkalar ishi ertadan qayta tiklanadi

    Lekin shoxobchalar ish vaqti bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi.

    'Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:46

    Toshkentda yangi qurilayotgan "dom" yonib ketdi

    Bildirilishicha, yong‘in qurilayotgan turar joy binosining ikkinchi qavatida yong‘in sodir bo‘lgan.

    'Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:26

    Haydovchilik guvohnomasini olib berishni va'da qilganlar ushlandi

    Kattaqo‘rg‘on va Xivada haydovchilik guvohnomasini olib berish bilan bog‘liq firibgarlik holatlari fosh etildi.

    'Temur Malik ko'chasida harakat qisman tiklandi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 05:19

    Temur Malik ko'chasida harakat qisman tiklandi

    Бу ҳақда пойтахт ҳокимлиги маълум қилди.