AsosiyDunyo

Эрон Яқин Шарқдаги можарони тугатишга оид ўз шартларини айтди

Xo'sh, Eronning urushni yakunlashga oid qanday shartlari bor?

'Эрон Яқин Шарқдаги можарони тугатишга оид ўз шартларини айтди'ning rasmi

Yaqin Sharqda mojaroni tugatish sharti sifatida AQShdan tovon puli olish va Amerika qo‘shinlarini Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan olib chiqib ketishni talab qilmoqda, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA “DW” teleradiokompaniyasiga tayanib.

“Urushning tugashi ham bizning qo‘limizda. Biz, birinchidan, AQSh harakatlari natijasida ko‘rilgan barcha yo‘qotishlarni qoplaganimizda, ikkinchidan, kelajakka 100 foiz kafolat berganimizda uning yakunlanishiga umid qilamiz, bu ham Amerika qo‘shinlarini Fors ko‘rfazidan olib chiqmasdan ilojsiz”, – dedi qabul qilinayotgan qarorlarning siyosiy maqsadga muvofiqligini aniqlash bo‘yicha kengash a’zosi (Eronning oliy maslahat organi) general-mayor Muhsin Rizoiy.

Bu haqda u Eron mudofaa kengashi kotibi, admiral Ali Shamxoniy bilan vidolashuv marosimi doirasida jurnalistlar bilan mulogot chog‘ida aytib o‘tdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, AQShning Fors ko‘rfazidagi ishtiroki so‘nggi 50 yil ichida mintaqadagi beqarorlikning asosiy sababidir.

Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyan avvalroq, AQSh va Isroil Eronning qonuniy huquqlarini tan olsa, tovon to‘lasa va kelajakda hujum qilmaslikka kafolat bersa, hammasi tugashi mumkinligini aytgan edi.

Livanning “Al Mayadeen” telekanali ma’lumotlariga ko‘ra, Tehron, Eronning atom energetikasi ob’ektlarida to‘liq yadroviy yoqilg‘i tsikliini amalga oshirish huquqini tan olishni talab qilmoqda. Shu bilan birga, Amerika qo‘shinlarini Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan olib chiqish talabi ilgari ochiq e’lon qilinmagan.

AQSh prezidenti Donald Tramp “NBC News” telekanaliga bergan intervyusida Eron urushni to‘xtatish uchun kelishuv tuzishni istayotganini, biroq “shart-sharoitlar yetarlicha yaxshi emasligi sababli” hozircha buni istamayotganini aytdi. Shuningdek, u Eronning yangi oliy rahbari “umuman tirik” ekaniga shubha bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, 28 fevraldan buyon AQSh va Isroilning Eronga uyushtirgan hujumlari oqibatida kamida 1444 kishi halok bo‘lgan, 18 ming 551 kishi yaralangan. Isroilda Eron hujumlari oqibatida kamida 15 nafar isroillik halok bo‘ldi, 2 mingdan ortiq kishi yaralandi.

AQSh harbiylari butun mintaqa bo‘ylab Eron hujumlari oqibatida 11 kishi halok bo‘lganini tasdiqladi. Shu bilan birga, Iroq g‘arbida Amerikaning yoqilg‘i quyish samolyoti qulashi oqibatida ekipajning olti a’zosidan to‘rt nafari halok bo‘ldi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Trump Eronga kelasi hafta kuchli hujumlar bo‘lishini aytdi'ning rasmi

    Dunyo 14.03.2026 15:09

    Trump Eronga kelasi hafta kuchli hujumlar bo‘lishini aytdi

    Шунингдек, Дональд Трамп Эрон раҳбарияти вакилларини, у “ақлдан озганлар” деб атаган шахсларни ўлдириш унинг учун “улкан шараф” эканини айтди.

    'Trump Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi'ning rasmi

    Dunyo 14.03.2026 10:09

    Trump Putinning Eron uranini Rossiyaga ko‘chirish taklifini rad etdi

    Mazkur taklif AQSh-Isroil va Eron urushini yakunlash bo'yicha kelishuvning bir qismi sifatida ko'rilgan.

    'Pit Hegset: Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo'lgan'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 14:40

    Pit Hegset: Eronning yangi Oliy rahnamosi mayib bo'lgan

    Hegsetning so‘zlariga ko‘ra, Mujtabo Xomanaiy omma oldida ko‘rinish bermaydi va uning yuz qiyofasi shikastlangan.

    'Eron elchisi Turkiyaga uchirilgan raketalar bo‘yicha izoh berdi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 14:29

    Eron elchisi Turkiyaga uchirilgan raketalar bo‘yicha izoh berdi

    Elchi ta'kidladiki, Eron va Turkiya do'st va qardosh davlat sifatida tinchlik va barqarorlikni ta'minlashga intiladi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 12:26

    'Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani tasdiqlandi'ning rasmi

    Dunyo 13.03.2026 08:07

    Ali Xomanaiyning bevasi tirik ekani tasdiqlandi

    Uning vafot etgani haqidagi dastlabki xabarlar noto‘g‘ri bo‘lib chiqdi.