AsosiyDunyo

Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda

So'nggi uch haftada Ebola xavfi yuqori davlatlarda bo'lgan shaxslar 21 kun karantinda bo'lishi kerak.

'Ebola sabab Kanadaga kirish taqiqlanmoqda'ning rasmi

Ebola virusi tarqalishi sababli mamlakatga kirish va immigratsiya tartiblariga vaqtinchalik cheklovlar joriy etilishini ma'lum qilindi.

 Kanada hukumati bayonotiga ko'ra, 27 maydan boshlab Ebola xavfi yuqori yoki juda yuqori deb baholanayotgan davlatlar fuqarolari uchun ayrim immigratsiya hujjatlari 90 kun muddatga to'xtatiladi. 

 Ushbu ro'yxatga hozircha Kongo Demokratik Respublikasi, Uganda va Janubiy Sudan kiritilgan.Kanada hukumati ma'lumotiga ko'ra, avval tasdiqlangan vaqtinchalik yashash vizalari, elektron sayohat ruxsatnomalari yoki doimiy yashash vizalariga ega bo'lgan shaxslar ham mazkur cheklovlar davrida mamlakatga kirish imkoniyatidan mahrum bo'ladi.

 Shuningdek, ushbu davlatlarda so'nggi uch hafta davomida bo'lgan Kanada fuqarolari, doimiy residentlar va boshqa xorijiy fuqarolar 21 kun davomida o'zini o'zi karantinda saqlashi shartligi bildirilgan. Agar sayohatchilarda izolyatsiya uchun xavfsiz joy bo'lmasa, ularga maxsus turar joy ajratilishi qayd etilgan.

 Kasallik alomatlari aniqlangan shaxslar esa qo'shimcha tekshiruv uchun tibbiyot muassasalarida izolyatsiya qilinadi. Mazkur choralar 30 maydan 29 avgustgacha amal qilishi rejalashtirilgan.Hukumat bayonotida mamlakat jamoatchiligi uchun xavf darajasi hozircha past ekani, biroq Ebola virusining xavfliligi hamda xalqaro epidemiologik vaziyat, jumladan 2026-yilgi FIFA Jahon chempionati hisobga olinib, ehtiyot choralar kuchaytirilayotgani ta'kidlangan.

 Rasmiylarga ko'ra, Kanadada hozirgacha Ebola virusining import qilingan holati qayd etilmagan va ayni paytda Shimoliy Amerikada ham kasallik holatlari aniqlanmagan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas'ning rasmi

    Dunyo Bugun 11:38

    Shveytsariya endi dunyoning eng qimmat mamlakati emas

    Islandiya yashash qiymati bo‘yicha dunyodagi eng qimmat mamlakatga aylandi. Bu haqda “Iceland Monitor” nashri xabar berdi.

    'Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 02:59

    Isroil G‘azoda “Hamas” harbiy qanotining yangi rahbarini yo‘q qilganini bildirdi

    Isroil armiyasi G‘azo sektori shimoliga uyushtirilgan havo hujumi natijasida “Hamas”ning harbiy qanotiga yaqinda rahbar etib tayinlangan Muhammad Odeh o‘ldirilganini ma’lum qildi.

    'O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 16:24

    O‘zbekiston asosan qaysi davlatlarga mahsulot eksport qilayotgani ma’lum bo‘ldi

    Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, 2026 yilning birinchi choragida Oʻzbekiston 5,8 milliard dollarlik mahsulot eksport qilgan.

    'Nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 10:18

    Nikohsiz tug‘ilgan bolalar soni keskin ortmoqda

    Bu holat demografik o‘zgarishlar, nikohlar sonining kamayishi va aholining qarishi bilan bog‘liq.

    'Qozog‘istonda samolyot halokatga uchradi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 09:11

    'Rossiya Armanistonni gaz va neftsiz qoldirish bilan ogohlantirdi'ning rasmi

    Dunyo 27.05.2026 06:57

    Rossiya Armanistonni gaz va neftsiz qoldirish bilan ogohlantirdi

    Moskva Yerevanning Yevropa Ittifoqiga yaqinlashuvidan norozi.