AsosiySport

O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kanadaga mag'lub bo'ldi

Har ikki jamoa raqib jarima maydonchasi atrofida xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi.

'O'zbekiston terma jamoasi o'rtoqlik uchrashuvida Kanadaga mag'lub bo'ldi'ning rasmi

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik doirasida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Edmonton shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda mezbondlar 2:0 hisobida g‘alaba qozondi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi jahon chempionatiga tayyorgarlik jarayonida Kanadaga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazdi. Edmonton shahridagi “Commonwealth” stadionida bo‘lib o‘tgan bahsda Kanada terma jamoasi 2:0 hisobida ustun keldi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi asosan teng kurashlar ostida o‘tdi. Har ikki jamoa raqib jarima maydonchasi atrofida xavfli vaziyatlar yaratishga harakat qildi. O‘yinning 24-daqiqasida Aziz G‘aniev jarohat olib, maydonni tark etishga majbur bo‘ldi. Uning o‘rniga Abbosbek Fayzullaev maydonga tushirildi.

Tanaffusdan keyin Kanada terma jamoasi murabbiylar shtabi tarkibda yettita o‘zgarishni amalga oshirdi. Bu qaror o‘z samarasini berib, 58-daqiqada mezbondlar hisobni ochdi. O‘zbekistonlik futbolchilar hujumga o‘tayotgan paytda to‘pni yo‘qotib qo‘ydi va raqib tezkor qarshi hujum uyushtirdi. Natijada ikkinchi bo‘limda zahiradan maydonga tushgan Jonatan Osorio Abduvohid Ne‘matov qo‘riqlayotgan darvozani ishg‘ol qildi.

O‘yinning so‘nggi daqiqalarida Kanada ustunlikni mustahkamladi. 90+1-daqiqada Jaydon Nelson jamoasining ikkinchi goliga mualliflik qildi.

Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi jahon chempionati oldidan o‘tkazilgan navbatdagi o‘rtoqlik uchrashuvini mag‘lubiyat bilan yakunladi.

O‘rtoqlik uchrashuvi

Kanada — O‘zbekiston 2:0

Gollar: Osorio (58), Nelson (90+1).

    Boshqa yangiliklar