AsosiySPORT

Mbappe mashg'ulotni muddatidan oldin tark etdi

Fransiya terma jamoasi sardori jarohat tufayli mashg‘ulotni oxirigacha davom ettira olmagan.

'Mbappe mashg'ulotni muddatidan oldin tark etdi'ning rasmi

Fransiya terma jamoasi sardori Kilian Mbappe milliy jamoa yig'inidagi mashg'ulotni muddatidan oldin yakunladi.

Bu haqda afrikalik jurnalist Mikki Jnr o'zining X ijtimoiy tarmog'ida ma'lum qildi.

Manbaga ko'ra, futbolchi jarohat tufayli mashg'ulotni oxirigacha davom ettira olmagan. Hozircha uning jarohati qay darajada ekani bo'yicha rasmiy ma'lumot berilmagan.

Fransiya terma jamoasi 8 iyun kuni JCH–2026 oldidan Shimoliy Irlandiyaga qarshi so'nggi nazorat uchrashuvini o'tkazadi. Ayrim ma'lumotlarga ko'ra, mazkur bahsda Mbappega dam berilishi mumkin.

Fransuzlar jahon chempionati guruh bosqichida Senegal, Norvegiya va Iroq terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi. Jamoa turnirdagi ilk uchrashuvini 16 iyun kuni Senegalga qarshi o'tkazadi.

    Boshqa yangiliklar