AsosiySPORT

AQSh yirik hisobda g'alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi

AQSh va Paragvay terma jamoalari o'rtasidagi kechgan uchrashuv amerikaliklarning 4:1 hisobidagi ishonchli g'alabasi bilan yakunlandi.

'AQSh yirik hisobda g'alaba qozonib, guruh peshqadamiga aylandi'ning rasmi

13 iyun kuni futbol bo‘yicha 2026 yilgi Jahon chempionatining “D” guruhidan o‘rin olgan AQSh va Paragvay terma jamoalari o‘rtasidagi 1-tur bahsi bo‘lib o‘tdi. Inglvud shahridagi “SoFay” stadionida kechgan uchrashuv amerikaliklarning 4:1 hisobidagi ishonchli g‘alabasi bilan yakunlandi.

Niderlandiyalik hakam Denni Makkeli boshqarib borgan bahsda hisob 7-daqiqada ochildi. Paragvay yarim himoyachisi Damian Bobadilya o‘z darvozasiga to‘p kiritib qo‘ydi va AQSh oldinga chiqib oldi.

29-daqiqada Folarin Balogun raqib darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa-da, ofsayd sabab gol bekor qilindi. Shunga qaramay, hujumchi oradan ikki daqiqa o‘tib baribir o‘z maqsadiga erishdi. U 31-daqiqada jamoasining ikkinchi golini urdi.

Balogun birinchi bo‘limning 45-daqiqasida yana bir bor gol kiritib, dubl muallifiga aylandi va tanaffusga qadar AQShning ustunligini yanada mustahkamladi.

Ikkinchi bo‘lim o‘rtalarida Paragvay terma jamoasi Maurisioning aniq zarbasi orqali hisobdagi farqni qisqartirishga muvaffaq bo‘ldi. Biroq uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida amerikaliklar nuqtani qo‘ydi. Qo‘shimcha vaqtning 90+8-daqiqasida Jovanni Reyna gol urib, hisobni 4:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Shu tariqa, AQSh terma jamoasi Jahon chempionatidagi ishtirokini ishonchli g‘alaba bilan boshladi va dastlabki turdan keyin 3 ochko bilan “D” guruhida yakka peshqadamga aylandi. Paragvay esa musobaqani mag‘lubiyat bilan boshlab, hozircha ochkosiz qolmoqda.

Ma’lumot uchun, mazkur guruhdan Turkiya va Shveytsariya terma jamoalari ham o‘rin olgan.

    Boshqa yangiliklar