AsosiySPORT

JCH-2026: Shotlandiya “C” guruhida g‘alaba bilan boshladi

Kechgan bahsda shotlandiyaliklar — 1:0 hisobda gʻalaba qozondi.

'JCH-2026: Shotlandiya “C” guruhida g‘alaba bilan boshladi'ning rasmi

AQShning Foksboro shahridagi “Jillett” stadionida 2026 yilgi futbol bo‘yicha jahon chempionati “C” guruhi 1-turidan o‘rin olgan Gaiti va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Kechgan bahsda shotlandiyaliklar — 1:0 hisobda g‘alaba qozondi.

Uyindagi yagona gol 28-daqiqada Jon Makgin tomonidan kiritildi. Yarim himoyachi jarima maydoni ichida qaytgan to‘pdan unumli foydalanib, aniq zarba yo‘lladi va hisobni ochdi. Qolgan daqiqalarda ham keskin kurashlar davom etdi, ammo hisob o‘zgarmadi.

Shu tariqa, Shotlandiya dastlabki turda muhim 3 ochkoga ega chiqdi.

“C” guruhining ikkinchi uchrashuvida Braziliya va Marokash terma jamoalari 1:1 hisobida durang qayd etgan edi. Ilk tur yakunlariga ko‘ra, Shotlandiya 3 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda. Marokash va Braziliya hisobida 1 tadan ochko bor, Gaiti esa ochko qo‘lga kiritmadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2-tur uchrashuvlari 20 iyun kuni bo‘lib o‘tadi. Unda Shotlandiya Marokashga, Gaiti esa Braziliyaga qarshi maydonga tushadi.

    Boshqa yangiliklar