AsosiySPORT

Merts Trampga Germaniya terma jamoasi futbolkasini sovg‘a qildi

Ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko'ra, mazkur sovg'a Trampning 14 iyun kuni nishonlangan tavallud ayyomi munosabati bilan berilgan.

'Merts Trampga Germaniya terma jamoasi futbolkasini sovg‘a qildi'ning rasmi

Germaniya kansleri Fridrix Merts G7 sammiti doirasida AQSh Prezidenti Donald Trampga Germaniya milliy terma jamoasi futbolkasini sovg'a qildi. Bu haqda New York Post nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, uchrashuv boshlanishidan avval Merts Trampga oq rangli futbolkani topshirgan. Uning orqa qismiga AQSh Prezidentining familiyasi va 47-raqam tushirilgan bo'lgan.

Kadrlarda Donald Tramp sovg'ani qabul qilib, uni yig'ilganlar va boshqa siyosatchilarga namoyish etgani aks etgan. Shundan so'ng u futbolkani ehtiyotkorlik bilan yig'ib, stol ustiga qo'ygan.

Ommaviy axborot vositalari ma'lumotiga ko'ra, mazkur sovg'a Trampning 14 iyun kuni nishonlangan tavallud ayyomi munosabati bilan berilgan.

G7 sammiti 15–17 iyun kunlari Fransiyaning Evian-le-Ben shahrida bo'lib o'tmoqda. Unda dunyoning yetakchi iqtisodiyotlariga ega davlatlar rahbarlari global siyosat, xavfsizlik va iqtisodiy hamkorlikka oid masalalarni muhokama qilmoqda.

Qayd etish joiz, sammit davomida Donald Trampning jamoatchilik oldidagi ko'rinishi va davlat rahbarlari bilan muloqoti xalqaro OAV diqqat markazida bo'lib turibdi. Xususan, uning Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron bilan avvalgi yillarga nisbatan ancha sokin va rasmiy salomlashuvi muhokamalarga sabab bo'lgan.

    Boshqa yangiliklar