Jahon chempionati–2026 "H" guruhi 2-turidan o‘rin olgan Ispaniya va Saudiya Arabistoni terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv yakunlandi. Atlanta shahrida bo‘lib o‘tgan bahsda ispanlar 4:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Uchrashuvda hisobni 10-daqiqada Lamin Yamal ochdi. Keyinchalik Mikel Oyarzabal 21 va 24-daqiqalarda gol urib, dubl qayd etdi. Ikkinchi bo‘limda esa Saudiya Arabistoni himoyachisi Hassan Al-Tambakti o‘z darvozasini ishg‘ol qildi.
Ushbu natijadan so‘ng Ispaniya 4 ochko bilan guruh peshqadamiga aylandi. So‘nggi turda ispanlar Urugvayga qarshi maydonga tushsa, Saudiya Arabistoni Kabo-Verde bilan bahs olib boradi.
Eslatib o‘tamiz, Ispaniya Kabo-Verde bilan 0:0 hisobida durang o‘ynagan bo‘lsa, Saudiya Arabistoni Urugvay bilan 1:1 hisobida durang qayd etgandi.






