AsosiySPORT

O'zbekiston – Portugaliya bahsini Mirzahakim To'xtamirzayev sharhlaydi

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 23 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

'O'zbekiston – Portugaliya bahsini Mirzahakim To'xtamirzayev sharhlaydi'ning rasmi

2026 yilgi Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turidan o'rin olgan Portugaliya va O'zbekiston milliy terma jamoalari o'rtasidagi uchrashuvni "Sport" telekanali orqali Mirzahakim To'xtamirzayev sharhlab boradi. Bu haqda telekanal bosh rejissyori Xurshid Mirzaahmedov ma'lum qildi.
Shuningdek, uchrashuvni "Futbol TV" telekanalida Xayrulla Hamidov va Davron Fayziyev sharhlaydi.

Ma'lumot uchun, O'zbekiston milliy terma jamoasi ertaga, 23 iyun kuni Jahon chempionati guruh bosqichining ikkinchi turi doirasida Portugaliyaga qarshi maydonga tushadi.

Ayni vaqtda "K" guruhida 3 ochko bilan Kolumbiya terma jamoasi peshqadamlik qilmoqda. Portugaliya va Kongo Demokratik Respublikasi jamoalari 1 ochkodan jamg'argan holda mos ravishda ikkinchi va uchinchi o'rinlarni egallab turibdi. Birinchi turda mag'lubiyatga uchragan O'zbekiston milliy terma jamoasi esa hozircha ochkosiz holda guruhning so'nggi pog'onasida bormoqda.

    Boshqa yangiliklar