AsosiySPORT

Argentina va Fransiya birinchilardan bo‘lib guruhdan chiqdi

Futbol bo‘yicha jahon chempionatida kecha, 22 iyun kuni o‘tkazilgan uchrashuvlarda favorit jamoalar navbatdagi g‘alabalarini qayd etdi.

'Argentina va Fransiya birinchilardan bo‘lib guruhdan chiqdi'ning rasmi

Argentina terma jamoasi Avstriyani 2:0 hisobida magʻlub etib, guruh bosqichidagi ikkinchi gʻalabasini qoʻlga kiritdi. Shu tariqa janubiy amerikaliklar pley-off yoʻllanmasini rasman taʼminladi.

Fransiya terma jamoasi esa Iroq ustidan 3:0 hisobida ishonchli gʻalabaga erishdi. Ikki turda olti ochko toʻplagan fransuzlar ham muddatidan avval keyingi bosqich masalasini hal qildi.

Kunning eng dramatik bahsi Norvegiya va Senegal oʻrtasida kechdi. Gollarga boy oʻyinda norveglar 3:2 hisobida zafar quchib, muhim uch ochkoni qoʻlga kiritdi.

Jazoir terma jamoasi ham Iordaniyaga qarshi kechgan murakkab bahsda 2:1 hisobida gʻalaba qozonib, keyingi bosqich uchun imkoniyatlarini saqlab qoldi.

Shu tariqa kecha boʻlib oʻtgan toʻrtta uchrashuvda jami 10 ta gol urildi. Argentina va Fransiya esa pley-off bosqichiga chiqqan dastlabki jamoalar qatoridan joy oldi.

Bugun esa muxlislar intiqlik bilan kutayotgan Oʻzbekiston — Portugaliya uchrashuvi boʻlib oʻtadi.

    Boshqa yangiliklar