UFC'ning eng mashhur jangchilaridan biri Konor Makgregor uzoq tanaffusdan so'ng rasman oktagonga qaytmoqda.
12 iyul kuni bo'lib o'tadigan UFC 329 turniri oldidan Makgregor raqibi bilan ilk bor yuzma-yuz keldi. Ikki jangchi o'rtasidagi keskin "fey-off" 13 yildan keyingi birinchi to'qnashuv sifatida katta qiziqish uyg'otdi.
Jang muxlislari intiqlik bilan kutayotgan UFC 329 turniri 12 iyul kuni bo'lib o'tadi. Unda Konor Makgregorning rasmiy qaytishi kechaning eng asosiy voqealaridan biri bo'lishi kutilmoqda.






