AsosiyJAMIYAT

Namanganda 11 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi

Hozirda mazkur holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli choralar ko‘rilmoqda.

'Namanganda 11 milliard so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangan korxona fosh etildi'ning rasmi

Namangan shahrida elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgan xususiy korxona faoliyati fosh etildi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi shtab maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, nazorat tadbiri davomida "S. F." xususiy korxonasiga qarashli noturar binoning elektr qurilmalari hisoblagichni chetlab o‘tgan holda elektr tarmog‘iga noqonuniy ulangani aniqlangan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu qoidabuzarlik oqibatida elektr taʼminoti korxonasiga 11 milliard 80 million so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

    Boshqa yangiliklar