AsosiyJAMIYAT

Strategik korxonalarda mahsulot tannarxi oshgani tanqid qilindi

Videoselektor yig‘ilishida strategik korxonalar xarajatlari ham alohida tahlil qilindi.

'Strategik korxonalarda mahsulot tannarxi oshgani tanqid qilindi'ning rasmi

Qayd etilishicha, avval tarmoqlar umumiy xarajatlarni foiz hisobida qisqartirib, mahsulot tannarxi pasaygani haqida hisobot bergan. Biroq bir birlik mahsulot tannarxi bo'yicha o'tkazilgan tahlil haqiqiy holatni ko'rsatib bergan.

Masalan, Navoiy kon-metallurgiya kombinatida 1 untsiya oltin tannarxi 8,2 foizga oshgan. Korxonaning jami xarajatlari o'tgan yilga nisbatan 6,2 trillion so'mga yoki 22 foizga ko'paygan.

"O'zbekiston metallurgiya kombinati"da po'lat sharlar ishlab chiqarish tannarxi 5,4 foizga, "O'zkimyosanoat"da karbamid bo'yicha 11,1 foizga, ammiakli selitra bo'yicha esa 8,3 foizga oshgan.

"Franklin Templeton" kompaniyasi IPOga chiqishi kerak bo'lgan 13 ta yirik kompaniya faoliyatini tahlil qilgani qayd etildi.

"Uzbekistan Airways" misolida yo'nalishlar optimal tanlanmagani, reyslar orasidagi vaqtning uzoqligi va kechikishlar ko'pligi, keytering hamda texnik xizmat ko'rsatish sohalarida raqobat yo'qligi sababli 120 million dollar daromad boy berilayotgani ko'rsatib o'tildi.

    Boshqa yangiliklar