Qayd etilishicha, hisobot davrida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan xorijliklarning asosiy qismi Afg‘oniston fuqarolari hisobiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakatlar kesimida ko‘rsatkichlar quyidagicha:
Afg‘oniston — 205 ming 937 nafar;
Turkmaniston — 16 ming 322 nafar;
Tojikiston — 4 ming 320 nafar;
Qirg‘iziston — 628 nafar;
Qozog‘iston — 311 nafar;
Rossiya — 230 nafar;
Turkiya — 188 nafar;
boshqa davlatlar — 679 nafar.
Shu tariqa, tijorat maqsadida O‘zbekistonga kelgan xorijiy fuqarolarning mutlaq ko‘pchiligini Afg‘oniston fuqarolari tashkil etgan.






