Turkiyaning Mugla viloyati Menteshe tumanida Turkiya davlat bayrog‘ini zajigalka yordamida yoqib yuborgan gumonlanuvchi qo‘lga olindi.
Ma’lum qilinishicha, voqea Menteshe tumanida sodir bo‘lgan. Gumonlanuvchi bayroqni zajigalka yordamida yoqqan.
Hodisa haqida xabar berilgach, huquq-tartibot idoralari gumonlanuvchini aniqlab, uni ushlagan. Hozirda voqea yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.






