1

Lola o`z istaklaridan mahrum tarzda yashagan hayotining 6 yili haqida so`zlab berdi

Shou-biznes 05.01.2017, 15:36
Teglar: Lola Yo`ldosheva
Lola o`z istaklaridan mahrum tarzda yashagan hayotining 6 yili haqida so`zlab berdi

Ijtimoiy tarmoqlarda faol hisoblanuvchi o`zbek estradasi xonandalaridan biri Lola yangi posti orqali muxlislarini o`yga toldirdi. 

“Orzu haqida so`zlashamizmi? Axir u sizda borku? U hammada bor. Siz u haqda tez-tez o`yga tolasizmi? Unga haqiqatan ham chin qalbingizdan ishonasizmi? Men aniq bilaman, ular bir kuni ro`yobga chiqadi. Bu balandparvoz so`zlar emas. Bu siz bilan bo`lishmoqchi bo`lgan shaxsiy tajribam. 

Bir necha yil avval, shahardan 35 kilometr uzoqlikda, sevimli ishim bilan shug`ullanish, o`qish, sayohat qilish, do`stlar bilan muloqot qilish, yashash va o`z istaklariga amal qilish imkonidan mahrum tarzda yashagan 6 yil davomida men bu haqda gapirishni xayolimga ham keltirmasdim. Biroq, men hozir sizga o`sha paytda o`zim juda muhtoj bo`lgan so`zlarni aytishni istayman. Siz o`z olamingizni yaratuvchisisiz! Va qalbingiz intilishiga hech kim to`sqinlik qila olmaydi. Agar sizga hozirgi olamingiz zavq va mamnuniyat bag`ishlamayotgan bo`lsa, unga minnatdorchilik bildiring va O`ZGARTIRING!

Istalgan ijod fikrlardan boshlanadi. Fikringizni o`zgartiring, boshqa so`z ayting, bironta yangilik qiling, buni o`zingizga ishonch bilan amalga oshiring! Siz unda baxtli bo`ladigan yangi olam yarating! Unda sizga uqtirishganlaridek yoki ishonishga majbur qilishganidek emas, balki haqiqiy ma`noda baxtli bo`ling! O`zingizdan so`rang...Kim bo`lmoqchisiz? Nima qilishni istaysiz? Nimalarga ega bo`lishni xohlaysiz? Shubha-gumonlardan xalos bo`ling, tushkunligingizni sarf qiling va qo`rquvni enging! Gapirish oson, biroq harakat qilmasdan Everest cho`qqisini zabt etish ham imkonsiz tuyuladi! Ammo, hayotda imkonsiz narsaning o`zi yo`q! Agar o`zingizni ayni paytda ayanchli va imkonsiz vaziyatda ekanligingizni va undan hech qanday yaxshilik kutib bo`lmasligi hamda nimanidir o`zgartirishga qodir emasligingizni his etayotgan bo`lsangiz,YaXShILAB O`YLAB KO`RING! O`zingizga kimligingizni eslating va harakat qiling! Men buning uddasidan chiqdim, siz ham uddalaysiz!”,—deb yozdi Lola o`zining Instagram`dagi sahifasida. 

Ma`lumot uchun, xonanda Lola 2005 yilda Shohruh ismli inson bilan turmush qurgan edi. Ularning Shahina ismli qizi va Shohdiyor ismli o`g`li bor.  Lola 6 yillik turmushdan so`ng, 2011 yilda turmush o`rtog`i bilan ajrashgan. 2016 yilning 16 yanvarida Lolaning sobiq turmush o`rtog`i Shohruhning uylangani ma`lum bo`ldi. 

Xonanda “Darakchi.uz”ga bergan intervyularidan birida farzandlari otasi bilan tez-tez ko`rishib turishi va uning turmush o`rtog`i bilan munosabatlari yaxshi ekanligini aytib o`tgan edi.

Sharhlar

Ozodbek Nazarbekov, Ulug`bek Rahmatullaev, Shaxzoda va Lolani birlashtirgan loyiha — QO`LINGDA IMKON!

21.05.2018, 09:33

O`zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta`lim vazirligi tomonidan 1-iyun – xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan “Qo`lingda imkon” nomli ijtimoiy loyihaga qo`l urildi. Taronani O`zbekiston xalq...
Lola nega folchilarni inkor etmadi?

29.03.2018, 09:26

Ijod va oilani bir maromda olib borayotgan xonanda Lola Yo`ldosheva noodatiy savollarimizga javob berdi... — Aytishlaricha siz... — Ishga nisbatan injiq va talabchanman ekanman. Menimcha,...
Lola Yo`ldosheva Rossiyadagi hayoti va ijodi haqida

13.03.2018, 16:48

8 mart kuni taniqli o`zbek qo`shiqchisi Lola Yo`ldosheva uzoq tanaffusdan so`ng Moskvada katta konsert bergani haqida xabar bergan edik. Konsertdan avval "Sputnik" nashri muxbiri go`zal...
“Benom” Rossiyada birinchi marta konsert bermoqda

22.01.2018, 13:22

Original qo`shiq va kliplari bilan tilga tushgan “Benom” guruhi gastrol safariga otlanishdi...Rossiyaning to`rta yirik shahrida bo`lib o`tishi rejalashtirilgan konsert 3 fevarl Sankt-Peterburg shahridan boshlanadi. “ST....
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1