AsosiyJamiyat

Saratovda sodir bo`lgan YTHda O`zbekiston fuqarolari halok bo`ldi

2017 yilning 15 yanvar kuni Moskva vaqti bilan soat 01.32 da “Nijniy Novgorod-Saratov” 1R-158 avtomobil yo`lining Saratov viloyati hududidan o`tuvchi 547 kilometrida “Volvo” rusumli yuk avtomobili hamda “Toyota Verso” rusumli engil avtomobili ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. 

Rossiya Federasiyasi FVVning bergan ma`lumotiga ko`ra, YTH oqibatida 7 kishi halok bo`lgan. Halok bo`lganlar orasida 2 nafar O`zbekiston Respublikasi fuqarolari bor. Ular 1975 yilda tug`ilgan Lyudmila Bazarova hamda 25 yoshli Zaynutdin Abdusalanov.

FVV Matbuot xizmatining xabar berishicha, O`zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda halok bo`lganlarning yaqinlariga zaruriy yordam ko`rsatish choralari ko`rilmoqda.

Boshqa yangiliklar