1

Toshkentdagi to`ylardan birida kelin uchun raqsga tushgan kuyov barchani lol qoldirdi(Video)

Jamiyat 17.01.2017, 10:39
Teglar: Video, To`y, Kelin
Toshkentdagi to`ylardan birida kelin uchun raqsga tushgan kuyov barchani lol qoldirdi(Video)

Toshkentdagi to`ylardan birida kuyovning kelin uchun tayyorlagan raqsi aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqalmoqda. Mazkur videoda kuyov to`yga tashrif buyurgan do`stlari bilan birgalikda ajoyib va noodatiy tarzda raqsga tushganini ko`rish mumkin. Qayd etish joizki, bunday holat O`zbekistondagi to`ylarda ilk marotaba uchrashi.  

Kuyov jahon estradasidagi eng xit taronalar sadolari ostida kelinning qarshisida raqsga tushgan, kelin esa bu manzarani zavq bilan tomosha qilgan.

Facebook ijtimoiy tarmog`iga joylangan videoga internet foydalanuvchilari o`z fikrlarini yozib qoldirgan. Aksariyat internet foydalanuvchilari kuyovning raqsiga nisbatan ijobiy fikr bildirmoqda. 

“Juda yaxshi fikr. To`y kelin va kuyovniki bo`lishi kerak. Bir marta to`y bo`ladi shu sababli kelin-kuyov o`ynab-kulib, to`yini shod-xurramlik bilan o`tkazishi kerak”,—deb yozadi foydalanuvchilardan biri. 


Mazkur izohlarga kuyovning o`zi ham quyidagicha javob yozgan:

“Shunchaki, kimdir uchun emas, rafiqam uchun chin dildan harakat qildim. Do`stlarimga tashkiliy ishlar uchun minnatdorchilik bildiraman. O`ylashimcha, 6 soat repetisiyadan so`ng raqs ko`ngildagidek chiqdi. Videoni kimdir Facebook`ga joylashtiradi, deb o`ylamagandim. Raqsim kimgadir yoqqan bo`lsa, xursandman! Hammaga rahmat!”.

Ma`lum bo`lishicha, mazkur videodagi kelin-kuyovning ismi Alisher va Kamola. To`yning qaysi restoranda va qachon bo`lgani esa noma`lum. 

Raqs so`ngida kuyov va uning do`stlari kelinga shardan yasalgan gullar taqdim etib, davraga kelinni ham taklif qilishdi. 

Quyida mazkur videoni tomosha qilishingiz mumkin.

Sharhlar

Toshkentda 9-sinf o`quvchisi odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi (video)

17.11.2023, 09:49

3 yildan beri “Barkamol avlod” bolalar maktabining robototexnika to`garagiga qatnaydigan Ozodbek Hoshimov odamlarni is gazidan saqlab qoladigan ixtiro yaratdi. Bu haqda Maktabgacha va maktab ta`limi...
Oqqo`rg`onda vertolyot ishtirokida to`y kortejini qilganlar jarimaga tortildi (video)

16.11.2023, 12:40

Avvalroq, Toshkent viloyatidagi to`yda vertolyotdan foydalangani aks etgan video tarmoqlarda tarqalgan edi. Toshkent viloyati IIBB Yo`l harakati xavfsizligi boshqarmasi mazur holat bo`yicha ma`lumot taqdim etdi. Ma`lum qilinishicha, IIBB...
Kechagi yomg`irdan so`ng Toshkent markazidagi yangi "dom"ning eri cho`kib, tagi ochilib qoldi (video)

10.11.2023, 12:45

Poytaxt markazida qurilgan yangi ko‘p qavatli uy hali egalariga topshirilmasdanoq kuni kecha yog‘ib o‘tgan yomg‘irdan so‘ng dahshatli manzara kasb etib qoldi. 11 qavatli uyning zinalari...
Farg`onadagi ekin dalasiga yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi (video)

04.11.2023, 12:37

Farg`onada yangi tug`ilgan chaqaloq tashlab ketildi. "Zamon" dasturida mazkur hodisa bo`yicha tafsilotlar ma`lum qilindi.Ma`lum bo`lishicha, Farg`ona tumani Yuqori archa MFY hududidagi katta dalaga yangi tug`ilgan,...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1