AsosiyJamiyat

Rohat postida sodir bo`lgan 3 ta avtomobil ishtirokidagi YTH muhokamalarga sabab bo`lmoqda(Foto)

Toshkent shahri Rohat postida 16 yanvar, dushanba kuni jiddiy yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi xabar bermoqda. 

Xabarga ilova qilingan suratlarda Nexia, Cobalt va Gentra avtomobillarining bir-biriga urilishi oqibatida jiddiy zarar ko`rganini ko`rish mumkin. 

Asosan haydovchilardan iborat “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari mazkur suratlarni keng muhokama qilmoqda. Ularning ayrimlari YPX posti yaqinida bunday katta tezlikda harakatlangan va navbatini kutmay qatorga yo`l harakati qoidalariga zid ravishda qo`shilib olmoqchi bo`lgan haydovchini qoralasa, boshqalar esa asl vaziyatni bilmasdan turib, xulosa chiqarmaslik fikrini ilgari surmoqda.

Internet foydalanuvchilarining fikriga ko`ra, YTH haydovchilardan birining tezlikni oshirishi yoki tormoz pedali o`rniga gaz pedalini bosib yuborgani oqibatida kelib chiqqan bo`lishi mumkin.

Boshqa yangiliklar