O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdo`g`onga “Boing-747” yuk samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan hamdardlik bildirdi.
Davlatimiz rahbari o`z maktubida halok bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga chuqur hamdardlik va dalda so`zlarini etkazib qo`yishni so`radi, deya xabar beradi O`zbekiston Respublikasi TIV matbuot xizmati.
Eslatib o`tamiz, 2017 yilning 16 yanvar kuni Qirg`izistonda Turkiya aviakompaniyasiga qarashli “Boing-747” yuk samolyoti halokatga uchrashi oqibatida o`nlab insonlar hayotdan ko`z yumdi.





