2017 yil 17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasining majlisi bo`lib o`tdi. Uni Komissiya raisi M.Abdusalomov boshqardi. Bu haqda O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi Matbuot xizmati xabar berdi.
“O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati a`zosining maqomi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 4-moddasi hamda “O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonunining 5 va 9-moddalariga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Markaziy saylov komissiyasi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati ayrim a`zolarining vakolatini muddatidan ilgari tugatdi.
Shuningdek, majlisda Toshkent viloyati davlat hokimiyati vakillik organlari deputatlarining bo`shab qolgan o`ringa O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati a`zosi saylovi bo`yicha qo`shma majlisini 2017 yil 21 yanvar kuni soat 10.00da Toshkent viloyati Chirchiq shahri “Kimyogarlar” madaniyat saroyi binosida o`tkazish to`g`risida qaror qabul qilindi.