2017 yilning 17 yanvar kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Qirg`iziston Respublikasining Toshkent shahridagi Elchixonasiga tashrif buyurdi.
TIV rahbari 2017 yil 16 yanvarda Qirg`izistonda ko`plab insonlarning, jumladan bolalarning qurbon bo`lishiga sabab bo`lgan «Boing-747» yuk samolyotining halokatga uchrashi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdi va Hamdardlik kitobiga qayd kiritdi.
Muvaqqat ishlar vakili Azamat Mambekov Qirg`iziston rahbariyati va xalqi nomidan O`zbekiston tomoniga hamdardlik va dalda uchun minnatdorchilik bildirdi.