O`zbekistonda chet el fuqarolari va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni mehmonxonalar va boshqa turar joy vositalariga joylashtirish xizmatlari, shuningdek, O`zbekiston fuqarolariga mahalliy sayyohlik operatorlari orqali xorijiy sheriklarning turistik xizmatlariga to`lovlarni amalga oshirish uchun naqd xorijiy valyutadan foydalanishga ruxsat berildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Markaziy bank, Moliya vazirligi va Davlat soliq qo`mitasining 12 yanvardagi qarori bilan O`zbekiston hududida naqd xorijiy valyutani olish qoidalari to`g`risidagi nizomga o`zgartish va qo`shimchalar kiritildi.
O`zbekiston rezident va norezidentlaridan naqd xorijiy valyutani qabul qilish O`zbekiston hududida xorijiy valyutada kassa operasiyalarini amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga qo`yilgan tartiblarga muvofiq ravishda xorijiy valyuta tushumi inkassasiyasi bilan maxsus kassalarda olib boriladi.
1 yanvardan boshlab O`zbekistonda xorijiy fuqarolar va fuqaroligi bo`lmagan shaxslarni mehmonxonaga joylashtirish xizmatlari uchun to`lovlar faqatgina erkin konvertasiya qilinuvchi valyutada amalga oshirilishi to`g`risidagi talab kuchga kirgan edi.