Braziliya hukumati mahalliy turmalardan biridagi mahbuslarning isyonidan so`ng ularning boshqa turmaga o`tkazilishini e`lon qilgach, Natal shahrida bosqinchilar tomonidan 15 ga yaqin avtobus, mikroavtobus va avtomobillar yoqib yuborildi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Natal shahridagi turmada jazo muddatini o`tayotgan ikki jinoyatchi guruhning to`qnashuvi oqibatida 26 nafar mahbus halok bo`lgan, ulardan 15 nafarining boshi tanasidan judo qilingan. Mahbuslarning bir guruhi raqiblari saqlanadigan turma blogiga bostirib kirgandan keyin ommaviy tartibsizlik boshlangan.
Hukumat tizimiga tegishli bo`lgan 3 avtobus va mashinaga yo`lning o`rtasida o`t qo`yilgan. Yana 12 avtobus kompaniya garajida yoqilgan. Hozirda hukumat 220 nafar mahbus bilan ommaviy o`t qo`yish o`rtasidagi aloqani o`rganmoqda.





