AsosiyDunyo

Saxalinda sog`lom buyragi olib tashlangan ayolga kasalxona 1,3 million rubl tovon puli to`laydigan bo`ldi

Rossiyaning Saxalin viloyat markaziy kasalxonasi shifokorning xatosi uchun bemor ayolga 1,3 million rubl tovon puli to`laydigan bo`ldi.

Tekshirish jarayonida shifokorning operasiya qilish uchun asosi bo`lmaganligi aniqlandi. Oqibatda jarrohlar bemor ayolning sog`lom buyragiga jarohat etkazgan, shundan keyin buyrakni olib tashlashga to`g`ri kelgan.

Sud ayolning sog`ligi uchun xavfli bo`lgan zarar etkazilganini aniqlab, kasalxona unga 1,3 million rubl tovon puli to`lashi haqida hukm chiqardi.

Kasalxona ma`muriyati Janubiy-Saxalin shahar sudining hukmidan norozi bo`lib, da`vo arizasini yozdi. Natijada jinoiy ish viloyat sudida ko`rib chiqildi va hukm to`g`ri chiqarilgan deb, o`z kuchida qoldirildi.

    Boshqa yangiliklar