1

Bangladeshda daraxt-odam yashaydi(Foto)

Dunyo 19.01.2017, 11:25
Teglar: Hindiston
Bangladeshda daraxt-odam yashaydi(Foto)

Bangladeshda yashovchi Abul Bajandar kam uchraydigan kasallikdan aziyat chekadi. Tug`ma nuqsonlar tufayli uning organizmi inson papillomasi virusiga o`ta darajada sezuvchan bo`lib qolgan. Bu esa bemorning qo`l va oyoqlarida daraxt shoxlarini eslatuvchi o`simtalar o`sib chiqishiga olib kelmoqda. Bunday kasallar tibbiyotda daraxt-odamlar deb ataladi

Abulda kasallikning ilk belgilari 10 yosh paytida paydo bo`lgan. Sekin-asta uning ahvoli og`irlasha boshlagan. Riksha haydagan Abul ishini tashlashga majbur bo`ldi. bora-bora u qo`lida oddiy buyumlarni, hatto qoshiqni ham ushlab turolmaydigan bo`lib qoldi. 

Foto: Global Look Press via ZUMA Press)

Abulni ko`zdan kechirgan shifokorlar uni davolash uchun bir nechta jarrohlik amaliyotini o`tkazish zarurligini ma`lum qilishdi. Ilk operasiyani u 2016 yilning mart oyida boshdan kechirdi. Abul shifoxonada bir yilcha qolib ketdi. undagi o`simtalarni olib tashlash uchun hammasi bo`lib 16 ta operasiya o`tkazildi.

Shifokorlarning aytishicha, Abuldan olib tashlangan o`simtalarning umumiy og`irligi 5 kilogramni tashkil etadi. Ular o`simtalar yana o`sib chiqmasligiga umid qilmoqda. Daraxt-odamlar haqidagi ma`lumotlar tibbiy kitoblarda ilk marotaba 1920 yilda qayd etilgan. Bu kasallikka chalingan  mashhur inson sifatida Indoneziya fuqarosi Dede Kosvara tilga olinadi. U qo`li va oyoqlaridagi o`simtalarni oldirish uchun bir necha marotaba jarrohlik stoliga yotqizilgan. Dede 2016 yilning yanvarida organizm etishmovchiligidan vafot etgan.

Sharhlar

Bugun Hindistonda parlament saylovi boshlandi

19.04.2024, 15:45

Bugun, 19 aprel sanasida Hindistonda dunyodagi eng yirik parlament saylovlari boshlanadi. Bu haqda “RIO Novosti” ma`lum qildi.Etti bosqichdan iborat ovoz berishlarda 968 mln nafar ro`yxatga...
Hindiston aeroportida 8 nafar o`zbekistonlik 5 kg oltin zanjirlar bilan qo`lga olindi (video)

18.08.2023, 11:58

Hindiston poytaxtidagi Indira Gandi nomidagi xalqaro aeroportda sakkiz nafar O`zbekiston fuqarosi qo`lga olindi. Bu haqda Hindiston bojxona departamenti xabar qildi.Ma`lum qilinishicha, ular 5,3 kilogramm oltinni...
O`zbekistonlik qizlarni Hindistonga fohishalik qilish uchun yuboradigan er-xotin aniqlandi

21.12.2022, 09:32

Odam savdosi bilan bog`liq yana bir jinoyat aniqlandi. Bu haqda Toshkent viloyati IIBB Axborot xizmati xabar bermoqda. Ma`lum qilinishicha, joriy yilning 13 dekabr kuni Toshkent viloyati...
Hindiston tarixida ikkinchi marta ayol kishi mamlakat prezidentligiga saylandi

22.07.2022, 11:01

Hindistonda bo`lib o`tgan prezidentlik saylovlarida hukmron Bharatiya Janata partiyasi a`zosi, Milliy demokratik alyans nomzodi Draupadi Murmu g`alaba qozondi, deb xabar bermoqda The Indian Express nashriga...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1