AsosiyShou-biznes

Rayhon Farhod Alimov qaysi xislatlari bilan uning hurmatini qozongani haqida gapirdi

O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan artist Rayhon G`anieva “Darakchi” gazetasi bilan suhbatda shaxsiy hayotiga oid ko`plab savollarga javob berdi. Jumladan, u yangi turmush o`rtog`i Farhod Alimovning qaysi xislatlari uning hurmatiga sazovor bo`lganini aytdi. 

“Birinchi navbatda, uning haqiqiy erkaklarga xos xislatlar egasi ekanini hurmat qilaman. Uning ko`ngli tozaligi va samimiyligi mehrimni qozongan. 
Ayni vaqt ko`nglimda qo`shiqlarimda muhabbat  hislarini tuyib yashayotganim uchun unga ming rahmat”,—deydi Rayhon. 

Shuningdek, Rayhon konsert banneridagi suratlar ham uning ayni paytdagi ruhiy holatiga hamohang ekanligini ham ma`lum qildi: 

“Bannerdagi gullar bezagi unda muhabbat, bahor yashirin ekanini bildirib turibdi. Bahor, bu — sevgi! Daraxtlar gullashi bilan birgalikda inson qalbi ham chiroyli gullar ifori bilan to`lishidir. Bu suratim bilan mening ham yuragimda ana shunday iliq va yoqimli kechinmalar yashayotganini aytmoqchi bo`ldim”.

Boshqa yangiliklar