AsosiyJamiyat

Kun sensasiyasi: Denis Istomin dunyoning 2-raketkasi Novak Jokovichni mag`lubiyatga uchratdi

O`zbekistonlik tennischi Denis Istomin “Australian Open-2017” turniri ikkinchi davrasida serbiyalik Novak Jokovichga qarshi bahs olib borib, sensasion tarzda 7:6, 5:7, 2:6, 7:6, 6:4 hisobida zafar quchdi.

Tennischilar bundan avval 5 marta uchrashgan va barchasida Jokovich g`alaba qozongandi. Bu safar omad hamyurtimizga kulib boqdi.

Qayd etish kerakki, Istomin jahon reytingida 117-o`rinni egallab turibdi, Jokovich esa dunyoning 2-raketkasi hisoblanadi.  Uchinchi davraga yo`l olgan Istomin ispaniyalik Korreno Bustaga qarshi kortga chiqadi. 

    Boshqa yangiliklar