Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Germaniya Federativ Respublikasining mamlakatimizdagi Favqulodda va muxtor elchisi Naytxart Xyofer-Vissing bilan uchrashuv bo`lib o`tdi. Bu haqda O`zA xabar bermoqda.
“O`zbekiston – Germaniya” parlamentlararo guruhi rahbari Rustam Komilov mamlakatlarimiz o`rtasidagi ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy sohalardagi hamkorlik izchil rivojlanib borayotganini ta`kidladi.
O`zbekiston va GFR o`rtasidagi parlamentlararo munosabatlar yildan-yilga mustahkamlanib bormoqda. Germaniya Federativ Respublikasi Bundestagi bilan “O`zbekiston – Germaniya” parlamentlararo guruhi a`zolari malakatimizda o`tkazilayotgan xalqaro tadbirlarda muntazam ishtirok etmoqda.
Uchrashuvda mehmonlarga Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, qo`mitalar, fraksiyalar va deputatlik guruhlarining faoliyati to`g`risida ma`lumot berildi





