Dunyoda shunday yo`llar borki, ularning har bir burulishidan nafasing ichingga tushib ketishi mumkin.
Ularda avtomobil haydashni hech narsa bilan taqqoslab bo`lmaydi. Ularning ayrimlari qo`lda bunyod etilgan — ayrimlari esa bir necha oyga suv yoki toshlar ostiga g`arq bo`ladi.
Xullas, xavfsizlik kamarini taqib oling, sababi AdMe.ru nashri dunyoning eng aqlbovar qilmas ko`priklarini e`tiboringizga havola etadi.
Zoji-La, Hindiston
Uzunligi 9 kilometr bo`lgan ko`prik Ladakx va Kashmir aholi yashash punktlarini bog`laydi. Bundan tashqari, u juda ingichka — undan faqatgina bitta avtomobil va sigir o`ta oladi.
Transfegerashskoe shossesi, Ruminiya
Fegerash tog` massividan o`tadigan Karpataxda joylashgan shosse o`zining eng yuqori cho`qqisiga 2034 metr balandlikda etadi, u Ruminiyaning eng baland yo`li sanaladi.
Dalton Xayvey, Alyaska
Eng avvalo aytish joizki, Dalton Xayvey trassasi dunyoning eng izolyasiya qilingan nuqtasi sanaladi. Shossening uzunligi — 666 kilometr, va bu yo`lda faqatgina 3 ta kichik poselka joylashgan. Bundan tshaqari bu yo`l eng ko`p qor tushadigan yo`l ham sanaladi.
Kxardung-La, Hindiston
Rasmiy ma`lumotlarga ko`ra, ushbu yo`l 5602 metr balandlikda joylashgan, va u Ginness rekordlar Kitobi hamda National Geographic tomonidan tan olingan eng baland avtomobil dovoni sanaladi.
Yungas yo`li, Boliviya
Ushbu magistral har yili 200-300 insonni hayotdan olib ketadigan dunyoning eng xavfli yo`li sanaladi.
Atlantik yo`l, Norvegiya
Norvegiyadagi Atlantik yo`l unchalik katta bo`lmagan soxil bo`yi qishloqlarni bog`lab turadi.
Guolyan tunneli, Xitoy
1972 yilgacha qishloq va tashqi dunyoni bog`lab turuvchi ushbu xavfli yo`l keyinchalik 1200-metrli tunnel sifatida transport harakati uchun ochildi.
Passaj dyu Gua, Fransiya
Ushbu yo`l kunning faqat ayrim soatlarida harakatlanish uchun mo`ljallangan. Qolgan payt u suv ostiga g`arq bo`ladi.
Tyanmen tog`laridagi yo`l, Xitoy
Yo`lning uzunligi 10 km tashkil qiladi. Yo`l 99 ta keskin burilishlarga ega. Xullas haydovchiga mustahkam asablar zarur bo`ladi.
Xana, Gavayi
Uzunligi 112 kilometrni tashkil etadigan ushbu yo`l Gavayyaning Maui orolidagi Kaxului va Xana shaharlarini bog`laydi.
Rossiyaning «Kolima» federal trassasi
Federal trassaning rasmiy nomi Magadan — Yakutsk — «Kolima», ammo og`zaki so`zlashuvda uni — «o`lim yo`li» deb atashadi.
Kol de la Bonet, Fransiya
2000 kilometr balandlikda joylashgan ushbu xavfli yo`l, Italiyadan u qadar uzoqda emas hamda kutilmagan burilishlarga boy.
Sen-Gotard, Shveysariya
Bu Alpdagi eng baland dovonlardan biri.
«Kavkaz» yo`li, Rossiya
Sochidan Risa ko`liga olib boradigan mazkur yo`l bir vaqtning o`zida ham hayratga soladi ham qo`rqitadi.
Eshima Oxasi, Yaponiya
Ushbu ko`prik Sakaiminato va Masueni bog`laydi. Uning uzunligi 1,7 kilometr, kengligi — 11,3 metr. Uzoqdan qaraganda undan o`tish go`yo imkonsizday tuyuladi. Bunday balandlik uning ostidan kemalar o`tishi uchun kerak.