AsosiyDunyo

Polisiya mashhur Lambada qo`shig`i ijrochisining qotilini qo`lga oldi

Polisiya mashhur Lambada qo`shig`ining ijrochisi Loalvi Brazni Rio-de-Janeyroda o`ldirib, yoqib yuborgan qotilni qo`lga oldi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, qo`lga olingan odamning ismi-sharifi Uolas Vieyra bo`lib, u ilgari xonanda yashagan mehmonxonada ishlagan va keyinchalik ishdan bo`shatilgan. Polisiyaning taxminiga ko`ra, u qasd olish uchun mazkur jinoyatni amalga oshirgan.

63 yoshli xonanda Loalva Braz ikki noma`lum shaxs tomonidan uyidan o`g`irlangan. Jinoyatchilar ayolni o`ldirib, jasadni mashinasi ichiga solib, o`t qo`yishgan. 

Loalva Braz Braziliyaning Kaoma  pop guruhi yakkaxon ijrochisi bo`lib, mashhur Lambada qo`shig`ini ijro etgan.

Boshqa yangiliklar