AsosiySalomatlik

Yuzga husnbuzar chiqsa, bu nimaning belgisi?

Husnbuzar yuzingizning qaysi sohasida paydo bo`lganiga ko`ra, organizmingiz uchun qanday muolaja kerakligini bilishingiz mumkin. Demak, ko`zgu qarshisiga turing-da, suratda ko`rsatilganidek, yuz sohalariga diqqat qiling. Agar:

  1. husnbuzar peshana markazida bo`lsa, ingichka ichak bilan bog`liq muammolar borligidan darak;
  2. peshana chakkasidagisi siydik qopi muammolarini aks ettiradi;
  3. qoshlarning yuqorisida paydo bo`lgani yurak-qon tomir faoliyatida bezovtalik borligi nishonasi;
  4. qoshlar o`rtasidan chiqqani jigaringizdagi o`zgarishlardan xabarchi;
  5. ko`z osti qopchalarida bo`lsa, buyrakdagi muammolardan ogohlantiradi;
  6. burun ustidagisi oshqozonosti bezi faoliyatida o`zgarishlar kuzatilayotganidan darak beradi;
  7. yuzning o`rta qismiga toshgani qorin va ichaklar faoliyati ta`sirida yuz beradi;
  8. lab usti bo`lsa, yurak bilan bog`liq muammolarni anglatadi;
  9. lablarning ikki yon tarafidan paydo bo`lgani yo`g`on ichakdagi muammolarni bartaraf etishga chorlaydi;
  10. jag` ustidan chiqqani o`pkadagi shamollash yoki biror kasallik alomati bo`lishi mumkin;
  11. dahan sohasidagi husnbuzarni kichik tos suyagi bilan bog`liq deya baholashadi.

 

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar