AsosiyJamiyat

Xorazmda rahbarlarning xalq bilan muloqoti va sayyor qabuli o`tdi

19 yanvar kuni Bog`ot tumanida xalq bilan muloqot bo`lib o`tdi. Unda viloyat hokimi, prokuroro, ichki ishlar boshqarmasi boshlig`i va barcha mutasaddi tashkilot, idora rahbarlari, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub`ektlari hamda fuqarolar ishtirok etdi.

Tadbirdan ko`zlangan maqsad, davlat idoralari rahbarlarining xalqqa yaqin bo`lib, kundalik hayotdagi mavjud muammolarni qonun doirasida hal qilish, amaliy yordam ko`rsatish, huquq va manfaatlarini himoya qilib, adolat mezonini qaror toptirishdan iborat.

Tadbirda ishtirok etgan tadbirkorlar va fuqarolar rahbarlarga echimini topolmayotgan masalalar bo`yicha savollarini berib, o`z navbatida joyida hal qilish imkoni bo`lgan og`zaki murojaatlar yuzasidan ularning talablari qanoatlantirildi.

Xalqimiz hayotida muhim o`rin tutayotgan, dolzarb masalalarni hal etish yuzasidan fuqarolarning qonuniy talablari, so`rov va takliflarini ko`rib chiqib, echimini topish vakolatiga ega bo`lgan davlat idoralariga muddat belgilanib, tegishli organlar tomonidan nazoratga olingan holda topshiriq berildi.

Sayyor qabullar davom etmoqda.

Shuningdek, mana shunday xalq bilan uchrashuvlar joylarda, mahallalarda tuman hokimi, prokurori, IIB boshlig`i boshchiligida ham o`tkazilmoqda.

    Boshqa yangiliklar