AsosiyDunyo

Shirakayf qiz polisiyachining qulog`ini tishlab, uzib oldi

AQShning Massachusets shtatidagi Marblxed shahrida yashovchi 19 yoshli Emma Vili polisiyachi ayol Jessika Rondinellining qulog`ini tishlab, uzib olgani uchun to`rt yilga qamoq jazosiga hukm qilindi, deb xabar berdi “Vesti.ru” nashri. 

Polisiyachilar shirakayf qizni mahalliy tunggi klublardan birga qo`lga olishdi. Ammo Emma polisiya mahkamasiga borishni istamadi va polisiyachi ayol, ish boshlaganiga endigina bir oy bo`lgan Jessika Rondinellining qulog`ini tishlab, uzib oldi. Shifokorlar uzilgan quloqni qayta joyiga tikishning ilojini topisholmadi. 

Voqea 2016 yilning avgust oyida ro`y berganiga qaramay, sud mazkur ish bo`yicha endi hukm chiqardi.

Emma Vili polisiyachiga hujum qilganlikda va qarshilik ko`rsatganlikda ayblanib, 4 yil qamoq jazosiga hukm qilindi. Qizning advokati uning ruhiy kasallikka chalinganini, qilgan ishidan pushaymonligini ma`lum qildi.

Boshqa yangiliklar