Avtomobil YTH sodir bo`lgan joydan qochib ketmoqchi bo`ldi, ammo u bunga erisha olmadi, deb xabar berdi “Tjournal.ru” nashri.
YouTube foydalanuvchisi Brayan Bekton Vashington shtatidagi Tamuoter shahridagi yo`llardan birida sodir bo`lgan YTHni videoga oldi. Motosiklchi oldinda ketayotgan avtomobilga to`satdan tormoz bergani uchun zarb bilan urildi. Zarba kuchli bo`lganidan o`zi avtomobil yukxonasi ustiga tushdi, motosikl esa urilgan joyda qoldi. Shunda ham avtomobil egasi to`xtamay, bir necha yuz metrgacha mashinani haydab bordi va yukxona ustidagi odamni tushirish uchun to`xtashga majbur bo`ldi.
Ma`lumotlarga ko`ra, motosiklchi YTHdan hech qanday tan jarohati olmagan.