AsosiyDunyo
13124

Ot egasining dafn marosimida inson kabi ko`z yosh to`kdi (Video)

Hayvonlar insonning yaqin do`stiga aylanishi hayotda ko`plab uchraydigan hodisadir, deb xabar berdi “Lolzona.ru” nashri.

Masalan, braziliyalik Vagner Figueredo de Lima 10 yildan beri Sereno nomli ot bilan yaqin, inoq do`stga aylangan edi. Ammo beshafqat o`lim ularni ajrashishga majbur qildi. Vagner avtohalokat tufayli olamdan o`tdi.

Vagnerning akasi Vando ukasi uchun Sereno qanchalik katta ahamiyatga egaligini bilgani tufayli otni dafn marosimiga olib keldi. Ot dafn marosimida xuddi yig`layotganday, g`alati ovoz chiqardi.

“Sereno nima voqea yuz berganini tushunganday, Vagner bilan vidolashishni istadi”, dedi marhumning akasi. Guvohlardan biri ot tobut yoniga kelib, uni hidlaganini, keyin boshini baland ko`tarib, sog`inch bilan kishnaganini aytdi. 

Otning bu holatini ko`rgan dafn marosimi ishtirokchilari ko`zlariga yosh olishdi.

Qabristonga etib borgunga qadar Sereno yo`l davomida tuyoqlarini erga urib, yig`lab borgan. Keyin egasinining so`nggi manzilida bosh egib, u bilan abadiy xayrlashgan.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar