Toshkentdagi Nurafshon ko`chasida dahshatli yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Facebook`dagi “Voditeli Tashkenta” guruhi a`zolari xabar bermoqda.
Yo`l-transport hodisasida Lacetti va Cobalt avtomobillari ishtirok etgan. Suratlarda har ikki avtomobilning tanib bo`lmas darajaga kelganini ko`rish mumkin.
Hodisa guvohlarining so`zlariga ko`ra, avtohalokat tezlikni oshirish oqibatida sodir bo`lgan. Dastlabki ma`lumotlarga ko`ra, hodisa oqibatida jabrlanganlar yo`q. Har ikkala haydovchi ham shifoxonada.