O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev Italiya Respublikasi Prezidenti Serjo Mattarellaga Gran-Sasso-d’Italia tog`li massividagi qor ko`chishi oqibatida insonlarning halok bo`lishi munosabati bilan chuqur ta`ziya izhor etilgan maktub yo`lladi.
Davlatimiz rahbari qurbon bo`lganlarning oila a`zolari va yaqinlariga hamda jarohatlanganlarga samimiy hamdardlik va qayg`udoshlik so`zlarini etkazishni so`radi.





