Bugun, 23 yanvar poytaxtdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik start oldi.
Media-haftalikning ochilish marosimida Respublikasi Senati raisining o`rinbosari Svetlana Artikova, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Milliy Markazi direktori Akmal Saidov, O`zEOVMA boshqaruv raisi Firdavs Abduholiqov, Adliya vaziri Muzraf Ikromov, Adliya vazirining o`rinbosari Nodir Jo`raev, Moliya vazirining birinchi o`rinbosari Jamshid Qo`chqorov, Iqtisodiyot vazirining o`rinbosari Dilmurod Turdiev, Tashqi ishlar vazirining 1-o`rinbosari Javlon Vahobovlar ishtirok etishdi.

Media-haftalik O`zEOAVMA, O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senati, Inson huquqlari bo`yicha O`zbekiston Respublikasi milliy markazi, O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi, “Uzbekistan Today” AA,”Uzreport” AA, “Mening Yurtim” telekanali, “Vodiy sadosi”, “Zo`r Tv” teleradiokompaniyasi, "sevimli-tv.uz” internet telekanali, “Darakchi inform servis” MChJ, “Master Media&Broadcast” MChJ tomonidan tashkil etildi.

Mazkur media-haftalik 23 yanvardan 27 yanvarga qadar davom etadi.






