23 yanvar kuni International Hotel Tashkent mehmonxonasida 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik start oldi.
Tadbir ochilish marosimida xalqaro tashkilot vakillari ham ishtirok etishdi.
Shtefan PRISNER BMTning O`zbekistondagi doimiy vakili:
“O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga qo`yilishi bu juda muhim siyosiy-ijtimoiy jarayon sanaladi.
O`zbekistonda qo`llanilayotgan mazkur tajribani xalqaro miqyosda ham foydadan holi bo`lmasdi.
Xalqning siyosiy jarayondagi bevosita ishtiroki ularning manfaatlariga xizmat qiladigan yo`nalishlarning loyihada aks etishida juda muhim sanaladi.”






