AsosiyJamiyat

“Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`lovchi poezdi qatnovi vaqtincha to`xtatildi

'“Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`lovchi poezdi qatnovi vaqtincha to`xtatildi'ning rasmi

Bugun, 23 yanvar kuni “Toshkent-Andijon-Toshkent” yo`nalishidagi yo`lovchi poezdining qatnovi vaqtincha to`xtatildi. Texnik-profilaktik ishlarini o`tkazish tufayli mazkur yo`nalishdagi poezdlar vaqtincha harakatlanmaydi. Bu haqda “O`zbekiston temir yo`llari” AJ axborot xizmati xabar bermoqda.

Jamiyat axborot xizmati, shuningdek fuqarolardan turli xil asossiz xabarlarga e`tibor bermaslikni so`ragan.

Boshqa yangiliklar