Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida start olgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik tadbirlari davom etmoqda.
Tadbirlarda ommaviy axborot vositalari xodimlari, O`zbekistonda faoliyat yuritayotgan diplomatik korpus vakillari, Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasi deputatlari ishtirok etmoqda.
Leyla Orujova, Ozarbayjonning O`zbekistondagi elchixonasi maslahatchisi:
—Men bugun media-haftalikning ochilish marosimida ishtirok etdim. Ochilish marosimida aytib o`tilgan bir necha faktorlar e`tiborimni tortdi. Xususan, O`zbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirligi tomonidan taqdimoti o`tkaziladigan, yo`l xaritalari, ularning tashqi siyosatdagi o`rni haqidagi beshinchi yo`nalish men uchun juda qiziq. Adliya vazirligining taqdimotini ham alohida ta`kidlab o`tishim mumkin. Yangi qonunchilikka kiritilayotgan o`zgarishlar haqida bo`ladigan bu namoyish ham o`ta muhim. O`zbekistonning rivojlanishida iqtisodiyotga oid faktorlar ham o`ziga xos ahamiyatga ega. Media sohasida qo`llanilayotgan yangiliklar va ish boshlash arafasida turgan yangi telekanallar haqidagi ma`lumotlarni ham qiziqish bilan tingladim. Tadbir boshlovchilaridan biri ta`kidlab o`tganidek, xorijiy hamkorlar haqiqatdan ham O`zbekistonning muvaffaqiyatli rivojlanishi bilan qiziqadi, sababi biz bu mamlakatni yaxshi ko`ramiz”.






