AsosiyJamiyat

​Yuriy Savchenko: “Umumxalq muhokamasi bugungi kunning muhim masalasi”

'​Yuriy Savchenko: “Umumxalq muhokamasi bugungi kunning muhim masalasi”'ning rasmi

Toshkentdagi International Hotel Tashkent mehmonxonasida start olgan 2017-2021 yillarda O`zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta yo`nalishlari bo`yicha Harakatlar strategiyasi loyihasining jamoatchilik muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalik tadbirlari davom etmoqda.

Yuriy Savchenko, Ukrainaning O`zbekistondagi elchisi:

-Xalq orasida shunday naql bor: “Bitta bosh yaxshi, ikkitasi undan ham yaxshi”. Bu erda esa 30 millionta bosh. Mayli, 30 millionta bo`lmasin, 20 million ham deylik.

Xalq bilan maslahatlashish esa ko`zga ko`rinmaydigan, yo`l qo`yilish ehtimoli mavjud bo`lgan xatolarning oldini olish hamda xalq ko`zi bilan yaxshiroq ko`rinadigan boshqa yo`nalishlarga yaxshiroq urg`u berish imkonini beradi. Shuning uchun ham bunday muloqot qonunlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. Media-haftalikda barcha zamonaviy texnik imkoniyatlardan foydalanilgani quvonarli. Bu shunchaki qo`ng`iroq yoki xat emas, balki istalgan paytda tegishli tashkilot vakillariga savol berish imkonidir. Uning inobatga olinishi yoki olinmasligi emas, taklifning naqadar dolzarbligiga bog`liq.

Shuning uchun umumxalq muhokamasi bugungi kunning dolzarb masalasidir.

Boshqa yangiliklar